Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

SUD-HUQUQ TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILINISHINING TA’SIRI, O’RNI VA AHAMIYATI

×

 2024-03-26 13:21:30    94

PDF yuklash
Chop etish


 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: “Bugungi kunda biz erishgan eng muhim natija ham aslida shu – demokratik islohotlarimizdir”  Bugungi kunimizni raqamlashtirilgan texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shunday ekan nafaqat sud-huquq tizimidagi, balki barcha jabhadagi islohotlar bilan bir qatorda raqamlashtirish ham ma’lum ma’noda keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi. So’ngi yillarda  O‘zbekiston sud-huquq tizimiga  raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari keng yoritilmoqda. O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishda bugungi kunda jadal rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek axborot texnologiyalarini rivojlantirish va sud huquq faoliyatiga keng joriy etishda bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining muhim ahamiyat kasb etayotganligi bejiz emas. Bugungi globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalar butun dunyo bo'ylab barcha sohalarga keng joriy etilib, insoniyat hayot tarziga jadal kirib bormoqda. Aytish lozimki, odamlar eng ko'p murojaat qiladigan sohalardan biri hisoblangan sud tizimida ham raqamlashtirish siyosatini jadal amalga oshirish, bu orqali aholining og'irini yengil qilish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish hamda byurokratiya va korrupsiya holatlarini kamaytirish, xizmatlar ko'rsatishni tezlashtirish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda odil sudlovga erishish, insonning o'z qonuniy huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qila olish imkoni butun dunyo bo'ylab dolzarb masala bo'lib qolmoqda. So’ngi yillarda global dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar misol uchun Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan cheklovlar, karantin choralari bu muammoni yanada o'tkirlashtirdi. Shu bilan birga, pandemiya sharoitida vujudga kelgan vaziyat ko'p jihatdan raqamli texnologiyalarning ahamiyati va ularni turli sohalarga keng joriy etishning imkoniyatlari va dolzarbligini yana bir bor ko'rsatib berdi. Yuzaga kelgan holat yangicha sharoitlarda ishlash, shu jumladan, sud tizimining samaradorligini oshirishda yangi qirralarni ochdi.  Ta’kidlash joizki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,, Sud  hokimiyati  organlari faoliyatini   raqamlashtirish   chora-tadbirlari  to‘g‘risida” gi   qarori qabul qilinganligi, sudlar tizimidagi faoliyatni yanada takomillashishiga asos bo’ldi. Ushbu qarorga asoslanib,   so’ngi yillarda   sud   hokimiyati   organlari   faoliyatini   raqamlashtirish   dasturi tasdiqlandi. Bu  dasturga  ko’ra,  sudlarda  sud  majlisini  taraflarning  iltimosnomasi  va  raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini  ushbu  tizimdan  foydalangan  holda  shakllantirish,  apellyatsiya  va  kassatsiya instansiyasi   sudlarida   ishlarni   sudyalar o’rtasida  avtomatik  ravishda  taqsimlash,  barcha ishtirokchilarni  sud  majlislarining  vaqti  va  joyi  haqida  ― SMS xabar  orqali  bepul  asosda xabardor   qilish,   sud   ishlarini   davlat   arxiviga   elektron   shaklda   topshirish   va   qabul   qilish belgilangan. Shuningdek, qaror bilan sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilashda tumanlar kesimida o'rtacha oylik ish haqlari to'g'risida ma'lumotlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olish kabi choralarni o'z ichiga olgan Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo'yicha “yo'l xaritasi” ham tasdiqlandi. Sud-huquq tizimida eng katta qulaylikni yaratib bergan tizim O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi  tomonidan  yaratilgan My.sud.uz  elektron  sud  xizmati  portali bo‘ldi. Bu  portal  orqali birinchidan, agar  fuqarolarda  ariza, taklif,  shikoyat  yoki  hal  etilmagan  muammolar  mavjud bo‘lsa,  fuqarolik, jinoyat yoki iqtisodiy sud bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu sudga murojaatni elektron tarzda yuborishi mumkin.
Ikkinchidan, My.sud.uz  elektron  sud  xizmati  portalida, Sud  majlislari jadvali―  nomli  alohida  bo‘lim mavjud  bo‘lib,  bu  fuqarolarga  sudmajlislari  jadvali  bilan tanishish – sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor  bo‘lib  borish  imkonini  beradi. Uchinchidan, bu tizimda davlat boji kalkulyatori va elektron to‘lov tizimi ham ishga tushirilgan bo‘lib, bu fuqarolarga ancha yengillik keltiradi. Bu ham fuqarolarning ishini osonlashtiradi. My.sud.uz tizimining eng ijobiy jihati shundaki, unda sudga  murojaat  qilish  namunalari  ham  keltirilgan.  Bu namunalar  dunyoning  birorta  ham  sud tizimida  uchramaydigan  interaktiv  xizmat  bo‘lib,  bu  fuqarolar  sudlarga  murojaat  qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatini beradi. Jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, sud-huquq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish odil sudlovni amalga oshirish, tizimning shaffofligi va samaradorligini oshirishda tamal toshi hisoblanadi.  Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda Yangi O’zbekistonning yangi qiyofasi puxta o’ylangan, aniq madsadli va strategik islohotlar natijasida jahon maydonida o’z munosib o’rniga ega bo’layotgan davlatlar qatoridadir. Ya’ni kim, bu orqali sud-huquq sohasini ham anchayin isloh qilish va korrupsion holatlarni oldini olish ham mumkin. Su o‘rinda mening fikrimcha, Sud sohasi jazolovchi organ emas, inson haqhuquqlarini himoya qiluvchi organga aylantirilishi lozim. Sud jarayonini yanada shaffof va demokratik ruhda olib borilishi uchun esa, albatta ba’zi jabhalarda raqamli texnologiyaga borin taqaladi. Zamoviy dunyo hamjamiyati yanada shakllanib borar ekan inson omili kamayib boraaveradi. Demak, ushbu hamjamiyat azosi sifatida ular kabi harakat qilishimiz darkor. Shu o‘rinda Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida esa poklik bo‘lishi shart”.