Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TELEKOMMUNIKATSIYALAR TO’G’RISIDA

 2017-09-30 12:46:49    1184

PDF yuklash
Chop etish


(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 219-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 37-son, 408-modda; 2005 y., 37-38-son, 279-modda; 2006 y., 14-son, 113-modda; 2007 y., 35-36-son, 353-modda; 2011 y., 52-son, 557-modda; 2013 y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda)

1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

2-modda.Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

telekommunikatsiyalar — signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;

telekommunikatsiyalar tarmog’i — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;

telekommunikatsiya vositalari — elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;

telekommunikatsiya inshootlari — telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiya liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar;

Oldingi tahrirga qarang.

oxirgi (terminal) asbob-uskunalar — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o’zaro bog’lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o’zgartirish, qayta ishlash uchun mo’ljallangan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarning texnik vositalari;

(2-moddaning oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

tarmoqlararo ulanishlar — telekommunikatsiya tarmoqlarining o’zaro texnologik hamkorligi bo’lib, u turli telekommunikatsiyalar operatorlarining foydalanuvchilar o’rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog’iga ega bo’lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxs;

telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog’i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxs;

(2-moddaning sakkizinchi va to’qqizinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-7-sonliQonunitahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 37-38-son, 279-modda)

telekommunikatsiyalar xizmatlari — operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;

raqamlash tizimi — operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) asbob-uskunalari o’rtasida raqamlarni taqsimlash va ularga raqam (raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini) berish tartibi;

raqamlash rejasi — operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) asbob-uskunalari o’rtasidagi aniq raqamlarning berilishi;

telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;

universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko’rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to’plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlari, telegrammalar jo’natish va boshqalar).

Oldingi tahrirga qarang.

domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon axborot tarmog’ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;

(2-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunigaasosan o’n beshinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmog’ida domen nomlarini berish, ro’yxatdan o’tkazish va ulardan foydalanish tartibi;

(2-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunigaasosan o’n oltinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o’tkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

(2-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunigaasosan o’n ettinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

3-modda.Telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonun hujjatlari

Telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining mudofaa, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot organlari ehtiyojlari uchun ishlashi bilan bog’liq munosabatlar alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

4-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlariga doir mulkchilik

O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda bo’lishi mumkin.

Telekommunikatsiya tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega vaqonundakafolatlangan teng himoyadan foydalanadilar.

5-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlarining erlari

Telekommunikatsiya inshootlari va ob’ektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash bo’yicha o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun operatorlarga doimiy foydalanishga berib qo’yilgan erlar telekommunikatsiya tarmoqlarining erlari hisoblanadi.

Telekommunikatsiyalar faoliyatini ta’minlash uchun erlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Er kodeksining70-moddasi.

Telekommunikatsiyalarning kabel, radiorele va havo tarmoqlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida muhofaza tegralari belgilanadi.

Muhofaza tegralarini o’rnatish tartibi, ularning o’lchamlari, mazkur maqsadlar uchun ajratilgan erlardan foydalanish rejimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

6-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlari

Telekommunikatsiya tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko’ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo’linadi.

Telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatishning yagona printsiplari, ularni taqdim etish va haq to’lashning tartibi asosida O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog’i umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog’ida telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: «O’zbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va ko’rsatish tartibi to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 968, 13.09.2000 y.), «Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko’rsatish»Qoidalari(ro’yxat raqami 2140, 06.09.2010 y.), «Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog’ida telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish»Qoidalari(ro’yxat raqami 1323, 15.03.2004y.)., «O’zbekiston Respublikasi televidenie va radioeshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 1409, 15.09.2004y.), «Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet xizmatlarini ko’rsatish»Qoidalari(ro’yxat raqami 1417, 5.10.2004y.), «Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 1412, 23.09.2004 y.), «Jamoat foydalanish joylarida internet tarmog’idan axborot olish imkonini berish tartibi to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 1393, 30.07.2004 y.), «Mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish»Qoidalari(ro’yxat raqami 1900, 06.02.2009 y.) va «O’zbekiston Respublikasida raqamli televidenie xizmatlarini ko’rsatish»Qoidalari(ro’yxat raqami 2794, 07.06.2016 y.).

Yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish va maxsus ehtiyojlari uchun mo’ljallangan, ularning ixtiyorida bo’lgan va ular tomonidan foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari boshqa foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun ham ishlatilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlari jumlasiga foydalanuvchilarning muayyan doirasiga xizmatlar ko’rsatish uchun yuridik shaxslarning tijorat maqsadlarida yaratgan telekommunikatsiya tarmoqlari kiradi.

(6-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-7-sonliQonunitahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 37-38-son, 279-modda)

Idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari tomonidan xizmatlar ko’rsatish qoidalari ushbu telekommunikatsiyalarning operatorlari yoki provayderlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

7-modda.Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish

Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlash, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish yo’li bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi.

Telekommunikatsiyalar sohasida davlat tomonidan boshqaruv telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2000 yil 22 noyabrdagi 458-sonliqaroribilan O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi bo’yicha maxsus vakolatli organ etib belgilangan.

 LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 fevraldagi PQ-589-sonli «O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoklarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»giQarori.

8-modda.Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ

Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ:

telekommunikatsiyalar sohasida davlat siyosatini yuritadi;

telekommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy dasturlarini ishlab chiqadi;

telekommunikatsiyalar sohasida standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;

Oldingi tahrirga qarang.

yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

(8-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-7-sonliQonunitahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 37-38-son, 279-modda)

telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari, shuningdek tarmoqlararo ulanishlar tariflarini tartibga soladi;

operatorlar va provayderlarning faoliyat ko’rsatishi uchun teng sharoitlar yaratilishiga ko’maklashadi;

telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatlanishiga doir ishlarni tashkil etadi;

telekommunikatsiya xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko’maklashadi;

operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalalarini ko’rib chiqadi;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimini ishlab chiqadi va raqamlash rejasini boshqarishni amalga oshiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

Internet jahon axborot tarmog’i milliy segmentining manzil makonidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi;

(8-moddaning birinchi qismi o’n uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

kadrlarni o’qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;

telekommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish, rivojlantirish va ulardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini shakllantirish masalalari bo’yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqadi;

(8-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunigaasosan o’n sakkizinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risida»ginizom.

Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organning o’z vakolati doirasida qabul qilgan normativ hujjatlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Oldingi tahrirga qarang.

81-modda.Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi majburiyatlari

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi hamda rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.

(81-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunigaasosan kiritilgan — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

9-modda.Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.

(9-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-7-sonliQonunitahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 37-38-son, 279-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Quyidagilar litsenziyalanishi shart:

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko’rsatish.

(9-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)

Telekommunikatsiyalar sohasida muayyan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalar namunaviy yoki yakka tartibda bo’lishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxslarga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yagona talablar va shartlar asosida beriladigan litsenziyalar namunaviy litsenziyalar hisoblanadi.

Yuridik shaxslarga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun alohida talablar va shartlar asosida beriladigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar hisoblanadi.

(9-moddaning to’rtinchi va beshinchi qismlari O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-7-sonliQonunitahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 37-38-son, 279-modda)

Litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, ularning amal qilish muddatlari, amal qilishini to’xtatish yoki tugatish tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to’g’risida»giNizom.

Telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari uchun litsenziyalar berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilishi mumkin. Tanlovlar (tenderlar)ni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Radiochastotalarni tanlov yo’li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to’g’risida»giNizom.

Litsenziyalarning egalari qonun hujjatlarini buzganlari taqdirda litsenziyalar to’xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

10-modda.Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlash

Telekommunikatsiyalarning texnik vositalari, shu jumladan O’zbekiston Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan oxirgi (terminal) asbob-uskunalar belgilangan standartlarga, texnik shartlarga vaqonun hujjatlarigabinoan boshqa normalarga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi lozim.

(10-modda O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 6 apreldagi O’RQ–31-sonliQonunitahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 14-son, 113-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

101-modda.Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o’tkazish

Davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari majburiy attestatsiyadan o’tkazilishi kerak.

Ushbu moddaningbirinchi qismidanazarda tutilmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o’tkazish ixtiyoriy tusga ega bo’ladi.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(101-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunigaasosan kiritilgan — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

11-modda.Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet jahon axborot tarmog’i milliy segmenti domen nomlarining tizimi telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va provayderlarning, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi pullidir.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan foydalanganlik uchun to’lovlarning miqdorlari hamda ularni to’lash tartibi, shuningdek ularga doir imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

(11-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

12-modda.Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish

(12-moddaning nomi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)

Telekommunikatsiyalar sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi operatorlar, provayderlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek asbob-uskunalarni tayyorlovchilar va etkazib beruvchilar telekommunikatsiya tarmoqlarini hamda xizmatlar bozorini tashkil etish va rivojlantirishda qatnashishning teng imkonini qo’lga kiritadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ monopoliyaga qarshi davlat organi bilan birgalikda telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirishga ko’maklashadi, insofsiz raqobat va raqobatni cheklash hollariga barham berish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni ko’radi.

(12-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Insofsiz raqobat, foydalanuvchilarning manfaatlarini kamsitish, raqobatga to’siq bo’luvchi yoki uni cheklovchi boshqa biror-bir xatti-harakatlarga yo’l qo’yganlik uchun operatorlar va provayderlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

(12-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasining «Raqobat to’g’risida»gi Qonunining5-bobi(«Raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish»), O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining178-moddasiva O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining183-moddasi.

13-modda.Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari

Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari va provayderlari litsenziya asosida barcha foydalanuvchilarga cheklanmagan tarzda telekommunikatsiyalarning universal xizmatlarini belgilangan sifatda ko’rsatadilar.

Universal xizmatlarning ro’yxati va ularning sifatiga doir talablar telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

14-modda.Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar

Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar bunday xizmatni ko’rsatish uchun ketgan xarajatlarni hisobga olgan holda shartnoma asosida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari uchun tariflar foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solib turiladi.

 LexUZ sharhi

Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: «Telekomunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish tartibi to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 959, 18.08.2000 y.).

Favqulodda tezkor xizmatlarni (yong’inga qarshi, militsiya, tez tibbiy yordam, gaz tarmog’ining avariya xizmati va boshqa xizmatlarni) chaqirish barcha foydalanuvchilar tomonidan bepul amalga oshiriladi. Favqulodda tezkor xizmatlarning ro’yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003 yil 19 dekabrdagi 359-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog’ida telefon aloqasi xizmatlarini ko’rsatish»Qoidalari(ro’yxat raqami 1323, 15.03.2004 y.)

15-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so’zlashuvlari, telegraf va boshqa xabarlarning sir tutilishi

Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so’zlashuvlari, telegraf va boshqa xabarlarning sir tutilishini buzishga hech kimning haqqi yo’q. Barcha operatorlar va provayderlar ushbu so’zlashuvlar va xabarlarning sir tutilishiga rioya etilishini ta’minlashlari shart.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatilayotgan xabarlar to’g’risidagi ma’lumot, shuningdek xabarlarning o’zi faqat bunday xabarlarni jo’natuvchilar va ularni oluvchilarga yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin.

Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so’zlashuvlarini eshitishga, xabarlar bilan tanishishga, ular to’g’risida ma’lumotlar olishga, shuningdek so’zlashuvlar va xabarlarning sir tutilishini boshqacha cheklashlarga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo’l qo’yiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining21-bobi.

Ushbu modda qoidalarining buzilishiga yo’l qo’ygan mansabdor va boshqa shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining143-moddasi.

16-modda.Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish

Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish ularning egalari tomonidan o’z mablag’lari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari hamda qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Umumdavlat vazifalarini hal qilishga mo’ljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan rivojlantirish milliy dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqqa oid va boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.

(16-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari, turar-joy rayonlari va majmualari, alohida binolar va inshootlarni loyihalash hamda rivojlantirish paytida mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurishni nazarda tutishlari kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxslar binolar va telekommunikatsiya inshootlarini shu maqsad uchun berilgan er uchastkalarida belgilangan tartibda barpo etishga, shuningdek binolar va inshootlarning tomlariga (tayanchlar, ko’priklar, kollektorlar, er osti yo’llari va boshqa inshootlarga) ushbu er uchastkalari, binolar va inshootlarning mulkdorlari (egalari, ijarachilari) bilan kelishilgan holda telekommunikatsiyalar vositalarini o’rnatish va xizmat ko’rsatishga haqlidirlar.

(16-moddaning beshinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Aholi punktlari va ayrim binolar, yo’llar, ko’priklar va boshqa ob’ektlarni yangidan qurish, kengaytirish, qayta qurish, yangi erlarni o’zlashtirish, melioratsiya tizimlarini o’zgartirish, foydali qazilmalarni qazib olish tufayli telekommunikatsiya vositalarini ko’chirish yoki qayta qurish qurilishning buyurtmachisi tomonidan o’z mablag’lari hisobiga operatorlar va provayderlarning texnik shartlari bo’yicha amalga oshiriladi.

Telekommunikatsiyalarning mavze ichkarisidagi tarmoqlari va inshootlari qurilishning buyurtmachilari tomonidan loyihalashtiriladi va barpo etiladi.

17-modda.Tarmoqlararo ulanishlar

Tarmoqlararo ulanishlar telekommunikatsiya turli tarmoqlarining foydalanuvchilari o’rtasida axborot uzatish va qabul qilish uchun amalga oshiriladi.

Operatorlar va provayderlar o’z tarmoqlariga boshqa operatorlar va provayderlarning teng huquqli asosda kira olishlarini ta’minlashlari shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Operatorlar va provayderlar tarmoqlararo ulanishlarni telekommunikatsiyalar sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq qabul qilinadigan, ulayotgan telekommunikatsiyalar tarmog’i operatorining texnik shartlariga ko’ra ta’minlashi kerak.

(17-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi O’RQ-314-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 557-modda)

Tarmoqlararo ulanishlar tegishli telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari va provayderlari o’rtasida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini ulash, operatorlar tomonidan o’zaro xizmat ko’rsatish va ular o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang. «Telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmoqlariga qo’shish tartibi to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 377 12.12.1997 y.), «Umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlarining tashkiliy-texnik o’zaro munosabatlari tartibi to’g’risida»giVaqtinchalik nizom(ro’yxat raqami 378 15.12.1997 y.),Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog’i operatorlari o’rtasida birgalikda ko’rsatilgan xizmatlar va tarmoq resurslari uchun o’zaro hisob-kitob yuritishningAsosiy qoidalari(ro’yxat raqami 863 04.01.2000 y.), «Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida internet-provayderlarning tarmoqlararo o’zaro hamkorligini tartibga solish tartibi to’g’risida»giNizom(ro’yxat raqami 1423 18.11.2004 y.) va «O’zbekiston Respublikasida raqamli televidenie xizmatlarini ko’rsatish»Qoidalari(ro’yxat raqami 2794, 07.06.2016 y.).

18-modda.Operatorlar va provayderlarning tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan o’zaro munosabatlari

O’zbekiston Respublikasi hududida ish ko’rayotgan operatorlar va provayderlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazishi uchun foydalaniladigan asbob-uskunalarni o’z mablag’lari hisobidan o’rnatishlari va ularning ishlashini ta’minlashlari, shuningdek ushbu tadbirlarni o’tkazishning tashkiliy va taktik usullari oshkor etilishiga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rishlari shart.

Telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazish uchun ishlatiladigan texnik vositalar va asbob-uskunalarning miqdori va tarkibini operatorlar va provayderlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan kelishib oladilar.

Telekommunikatsiya tarmoqlari yoki vositalaridan shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar keltiruvchi jinoiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda bunday telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining faoliyat ko’rsatishi to’xtatiladi.

19-modda.Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish

Oldingi tahrirga qarang.

Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong’inlar, epidemiyalar va boshqalar) telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda ularni markazlashgan holda boshqarish, shuningdek ularning ishlashini cheklash yoki to’xtatib qo’yish huquqiga ega.

 LexUZ sharhi

Qarang. «Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqida»giNizom(ro’yxat raqami 1211 28.01.2003 y.), Favqulodda holatlarda O’zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishningUmumiy qoidalari(ro’yxat raqami 1742, 27.11.2007 y.) va Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to’xtatib qo’yish yoki cheklash tartibi to’g’risidagiNizom(ro’yxat raqami 1743, 27.11.2007 y.).

(19-modda birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 5 sentyabrdagi O’RQ-107-sonliQonunitahririda — O’R QHT, 2007 y., 35-36-son, 353-modda)

Operatorlar va provayderlar aholini favqulodda holatlar xavfidan xabardor qilishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan vositalar o’rnatilishini va ulardan foydalanishni ta’minlashlari shart.

Favqulodda holatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida operatorlar va provayderlar ko’rgan zararlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Operatorlar va provayderlar odamlarning dengizdagi, erdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlar o’tkazishga taalluqli barcha xabarlarga, shuningdek yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik berishlari lozim.

20-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlarida ro’y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etish

Telekommunikatsiya tarmoqlarida ro’y bergan hodisalar (avariyalar, shikastlanishlar) oqibatlarini bartaraf etish ushbu tarmoqlarning operatorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari operatorlarga telekommunikatsiya tarmoqlarida ro’y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda ko’maklashadilar.

Telekommunikatsiya tarmoqlarida ro’y bergan hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish telekommunikatsiya vositalari joylashgan er uchastkasi, bino yoki inshoot mulkdori (egasi, ijarachisi)ning roziligi olinishini talab etmaydi. Hodisalar oqibatlarini bartaraf etish natijasida mulkdorga (egasiga, ijarachiga) etkazilgan zararlar tegishli operator tomonidan qoplanishi kerak.

Telekommunikatsiya tarmoqlarida yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan ro’y bergan hodisalar natijasida operatorlar va provayderlarga etkazilgan zararlar ushbu shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining57 bobi.

21-modda.Operatorlar va provayderlarning huquqlari

Operatorlar va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:

foydalanuvchilarga xizmatlar ko’rsatish;

foydalanuvchilar telekommunikatsiyalardan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzgan taqdirda ularga xizmat ko’rsatishni to’xtatish;

yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni qoplattirish;

yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish.

Operatorlar va provayderlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

22-modda.Operatorlar va provayderlarning majburiyatlari

Operatorlar va provayderlar quyidagilarga majburdir:

telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni litsenziyadagi shartlarga va belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshirish;

ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati belgilangan standartlar, qoidalar va normalarga muvofiq bo’lishini ta’minlash;

telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so’zlashuvlari, telegraf va boshqa xabarlar sir tutilishiga rioya qilish;

xizmatlar ko’rsatish shartlari va tartibi to’g’risidagi, shu jumladan telekommunikatsiya xizmatlari tariflarining o’zgarganligi to’g’risidagi batafsil axborotni foydalanuvchilarga o’z vaqtida taqdim etish;

telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnomalarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun, shuningdek xizmatlar ko’rsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmatlar ko’rsatmaganlik oqibatida foydalanuvchilarga etkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.

Operatorlar va provayderlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

23-modda.Foydalanuvchilarning huquqlari

Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlaridan foydalanish;

umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlariga o’zining oxirgi (terminal) asbob-uskunalarini qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ulash;

operatorlar va provayderlar tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq o’z vaqtida va sifatli xizmat ko’rsatilishidan foydalanish;

operator va provayder shartnomada kelishilgan shartlarni buzgan taqdirda telekommunikatsiya xizmatlarini rad etish;

telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmat ko’rsatmaganlik natijasida etkazilgan zararlarni to’lattirish, ma’naviy ziyonni qoplatish;

o’z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.

Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.

24-modda.Foydalanuvchilarning majburiyatlari

Foydalanuvchilar quyidagilarga majburdirlar:

telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etish;

belgilangan standartlarga muvofiq sertifikatga ega bo’lgan oxirgi (terminal) asbob-uskunalardan foydalanish;

o’zlariga ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqni o’z vaqtida to’lash;

ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarini shikastlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik.

Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

25-modda.Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog’idagi imtiyozlar va ustunliklar

Qonun hujjatlarida fuqarolarning ayrim toifalariga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish borasida imtiyozlar belgilanishi mumkin.

Fuqarolarning ayrim toifalariga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish borasida belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan operator va provayderlarning mablag’larini qoplash qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat organlari mansabdor shaxslarining ayrim toifalariga, xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakillariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga, shuningdek fuqarolarning ayrim toifalariga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog’ida navbatda turish va foydalanish masalasida ustunliklar belgilanishi mumkin.

Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog’ida ustunliklar beriladigan mansabdor shaxslar, tashkilotlar va fuqarolar toifalarining ro’yxati hamda telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

26-modda.Telekommunikatsiya vositalarini qo’riqlash

Telekommunikatsiya vositalarini qo’riqlash tartibiqonun hujjatlaribilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 maydagi 210-sonli «Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»giqarori.

Telekommunikatsiya vositalariga shikast etkazilishiga, ularga ruxsatsiz ulanishga yo’l qo’ygan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining152,153,154va156-moddalari.

27-modda.Nizolarni hal etish

Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar o’rtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

28-modda.Telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining152,153,154va156-moddalariva O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining143-moddasi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999 yil 20 avgust,

822-I-son