Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O‘zbekistondagi karantin obyektlarida tashkil etilgan aloqa vositalari bo‘yicha ma’lumot berildi

 2020-04-17 08:48:26    409

PDF yuklash
Chop etish


Respublika bo‘yicha karantindagilar joylashtirilayotgan obyekt hududlarini telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar doirasida karantin hududlariga 129 ta simli va 56 ta mobil telefon aloqa apparati yetkazib berilgani ma’lum qilindi.

Karantin hududlarida o‘rnatilgan aloqa vositalarning uzluksiz ishlashi nazoratga olingan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida tashkil etilgan idoralararo ishchi guruhlari shtablari telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlangan, bemorlar bilan masofadan turib, tezkor so‘rov ishlarini amalga oshirish uchun 170 ta planshet qurilmasi sim-kartalar bilan ta’minlangan.

Sherzod Ahmatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi

Shuningdek, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin hududida barqaror aloqani tashkil etish uchun 2 ta qo‘shimcha mobil baza stansiyasi o‘rnatilgani, 840 ta statsionar va 1100 ta mobil telefon qurilmasi tegishli imtiyozli daqiqalar bilan ta’minlangani aytildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan ro‘yxatlar asosida Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiyot yordam ilmiy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi jami 87 ta shifoxona o‘rtasida operatorlarning videoanjuman tizimi orqali muloqoti o‘rnatilgani ta’kidlandi.

To`liq malumot: https://daryo.uz/2020/04/17/ozbekistondagi-karantin-obyektlarida-tashkil-etilgan-aloqa-vositalari-boyicha-malumot-berildi?utm_source=@daryo

Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating