Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Adolat va qonun ustuvorligi yo`lidagi islohotlar
2021-01-07 17:59:40 250
Adolat va qonun ustuvorligi yo`lidagi islohotlar
Ma’lumki, insonning huquq va erkinliklari mustahkam himoyada bo`lgan, uning qonuniy manfaatlari va qonun ustuvorligi so`zsiz ta’minlangan davlat jadal taraqqiy etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021 yilda amalga oshiriladigan sud-huquq tizimida amalga oshirilishi lozim bo`lgan islohotlar e’tirof etildi.
Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar natijasida fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki kundan kunga kengayib, mulkdorlar soni oshib borayotgani, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi kuchayayotgani sud-huquq tizimini ham yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasini har bir sohadagi yangilanish uchun muhim qadam bo`lish barobarida, unda ilgari ta’kidlangan vazifalar xalqimiz yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilganini alohida ta’kidlash joiz.
Viloyat sudlarining hozirgi tuzilmasida yagona sud amaliyotini shakllantirishga to`sqinlik qilayotgan holatlar mavjud edi. Xususan, bu ko`proq sudlarning tarqoqligidan fuqarolar va tadbirkorlar sarson bo`layotgani, alohida faoliyat yuritishi sinovdan o`tgan xorijiy amaliyotga to`g`ri kelmasligi kabi muammolar bilan bog`liq. Endi esa mamlakatimizda viloyat darajasidagi jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlar birlashtirilib, yagona umumyurisdiktsiya sudlari tashkil etiladi. Murojaatnomada davlatimiz rahbarini bu kabi dolzarb bo`lgan bir qancha muhim takliflarni ilgari surgani mamlakatimizda sud-huquq sohasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinayotganini yana bir karra isbotlaydi.
Sudlarda jinoyat ishlarini ko`rish chog`ida ishni sud majlisida ko`rishdan avval, inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini amalda ro`yobga chiqarish maqsadida dastlabki eshituv instituti joriy etilmoqda.
Ma’lumki zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish fuqarolarimizga juda katta qulayliklar yaratmoqda. Endilikda sud binosiga kelmasdan, “onlayn” tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratilishi ko`zda tutilgan. Bunda fuqarolar o`z arizalarini ko`rib chiqish jarayonini masofadan turib onlayn kuzatib borishi mumkin bo`ladi.
Murojaatnomada ilgari surilgan bu kabi taklif va tashabbuslar bugungi kunda oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida aniq tasavvur berish barobarida, har birimizga alohida sharafli mas’uliyat yuklaydi.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov