Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sudlar faoliyati takomillashtiriladi

×

 2021-01-07 18:01:45    281

PDF yuklash
Chop etish


Sudlar faoliyati takomillashtiriladi

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida sud-huquq sohasini isloh qilish masalasiga e’tibor qaratildi.

Adolat - bu davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Davlatimiz rahbari bu borada qilinishi lozim bo`lgan ishlarga ham to`xtaldi.

Yangi yildan boshlab fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo`yicha viloyat darajasidagi 3 ta sudlar bitta sud sifatida birlashtirilib, “Bir sud – bir instantsiya” tamoyili joriy etiladi. Viloyat sudlari ustidan berilgan shikoyatlar shu sud tomonidan ko`rib chiqilishi amaliyoti bekor qilinadi.

Sudlarda ishlarni ko`rib chiqish sifatini oshirish zarur. Chunki o`tgan yilda Oliy sud tomonidan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 13 ming qaror o`zgartirilgan.

2021 yildan boshlab bir-birini takrorlaydigan sud bosqichlari qisqartirilib, odil sudlovga xos bo`lmagan ishlarni nazorat tartibida ko`rish bekor qilinadi. Fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlar emas, yagona sud amaliyoti yo`lga qo`yiladi. Bu yangilik aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklarni yaratadi.

Sudlar mustaqilligi ta’minlanishi natijasida joriy yilning o`zida sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar tayinlangan.

Jazo muddatini o`tayotgan va tuzalish yo`liga qat’iy kirgan 616 nafar fuqaro afv etilgan. Sudlar mustaqilligi ta’minlanishi natijasida o`tgan 2020 yilda 719 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan.

Shuningdek, yangi yildan sud muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib sifatida joriy etiladi. Bunda ishni to`xtatish yoki tugatishga asos yetarli bo`lsa, sud ishni avvalgiday tergov yoki prokurorga qaytarmasdan, o`zining yakuniy qarorini qabul qiladi.

Investorlarni qo`llab-quvvatlash, ularga sharoit yaratish maqsadida investitsiyaga oid ishlar Oliy sudda ko`rib chiqiladi. Ya’ni, ular to`g`ridan-to`g`ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Onlayn sudlar joriy etiladi. Bu fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratadi.

O`zbekiston fuqarolari qayerda bo`lmasin, ularning konstitutsiyaviy huquqlari ishonchli himoya qilinmoqda. “Mehr-3” operatsiyasi amalga oshirilib, Suriyadan yana 98 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelingani buning yaqqol tasdig`idir.

Jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida O`zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda.

Mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo`yicha kengashiga a’zo etib saylandi. Yaqinda AQSh davlat departamenti tomonidan O`zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” ro`yxatidan chiqarilgani ham keng ko`lamli demokratik islohotlarimizning e’tirofidir.

Sohadagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi – jamiyatda adolat, qonun, odil sudlovni ta’minlash, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdir.

Bugungi kunda bu borada sudьyalar va sud xodimlari oldiga katta va o`ta mas’uliyatli vazifalar qo`yilgan.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, O`zbekistonda sudьyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo`lishi lozim.

 

 

                         Jinoyat ishlari bo`yicha

                        Beshariq tuman sudining sudyasi                                                            N.Salomov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating