Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar o`rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, mazkur sohani keyingi bosqichga ko`tarish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 3 se

×

 2021-02-03 11:24:28    275

PDF yuklash
Chop etish


Ushbu qaror bilan quyidagilar sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichdagi vazifalari etib belgilandi:

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga ko`rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni ko`rib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini ta’minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish;

sudlarda odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan elektron ma’lumotlar almashinuvini yanada kengaytirish;

maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudьyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bo`yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish;

sudning axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash, xizmat axborotlari va ma’lumotlarini kompleks himoya qilish bo`yicha choralarni kuchaytirish.

Qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mazkur qaror bilan 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi.

Mazkur Dasturda sud ishtirokchilarini sud majlislarining vaqti va joyi haqida xabardor qilishning bir nechta tartiblarini joriy qilish belgilab berilgan.

Birinchidan, 2021 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy sudning my.sud.uz interaktiv xizmatlar portalida “Sud xabarnomasi” xizmati joriy etiladi. Ushbu xizmat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisi tayinlangan sana va vaqti hamda ish natijalari haqidagi ma’lumotlarni masofadan turib onlayn tarzda olish imkoniyati yaratiladi.

Ikkinchidan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab esa sudlarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud hujjatlarini elektron shaklda, shuningdek “SMS“ xabar hamda elektron pochta manziliga yuborish orqali ularni xabardor qilish tartibi amaliyotga tadbiq etiladi. Mazkur axborot tizimi orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarning mobil telefon raqamlari hamda elektron pochta manzillari mavjud bo`lgan taqdirda ularni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar yoki elekton pochta manzili orqali xabardor qilinadi.

Bulardan tashqari, yuqorida qayd etilgan qaror bilan Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlangan.

“Yo`l xaritasi”da 28 ta davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarini Oliy sudning axborot tizimiga bosqichma-bosqich ulash orqali sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladigan ma’lumotlarni elektron shaklda yuborish hamda muayyan ishni ko`rish jarayonida zarur bo`lgan ma’lumotlar va hujjatlarni fuqarolarni ovora qilmagan holda sudlar tomonidan bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish vazifalari belgilab berilgan.

Xususan, Oliy sudning axborot tizimi sudlar tomonidan pochta aloqasi ob’yektlari tarmog`i orqali yo`llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog`ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi bilan o`zaro integratsiya qilindi. Mazkur axborot tizimi orqali sud chaqiruv qog`ozlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga elektron shaklda yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

Bugungi kunda ushbu amaliyot iqtisodiy sudlar faoliyatiga sinov tariqasida joriy etilmoqda. Sinov natijalariga ko`ra qolgan barcha sudlar faoliyatiga joriy etilishi rejalashtirilgan.

 

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining sudyasi                                                     N.Salomov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating