Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sudlarda “Bir sud – bir instantsiya” tizimi joriy etildi

×

 2021-02-03 11:25:49    401

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari natijasi o`laroq 2021 yil 1 yanvardan boshlab, sud tizimida “bir instantsiya – bir sud” tizimining joriy etilgani va nazorat instantsiyasining tugatilishi munosabati bilan 2021 yil 12 yanvarь kuni qabul qilingan qonunlarga muvofiq O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga sud qarorlarini qayta ko`rish institutini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o`zgartirish hamda qo`shimchalar kiritildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021 yil 15 yanvardagi “Sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida”gi Qarorida ham yuqoridagi qonunga kiritilgan o`zgartishlar mazmunidan kelib chiqib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar o`z yechimini topgan. Jumladan:

– ma’muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rishda apellyatsiya instantsiyasining joriy etilishi munosabati bilan Plenum Qarorining 2-bandi 5-xatboshisida ushbu ishlar bo`yicha kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini, agar u o`tib ketgan bo`lsa, tiklagan holda apellyatsiya tartibida ko`rib chiqilishi lozimligi;

– fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash  maqsadida Plenum Qarorining 2-bandi 5-xatboshisida apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlari tomonidan 2021 yil 13 yanvarga qadar chiqarilgan qarorlar ustidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkinligi;

– viloyat va unga tenglashtirilgan sud qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko`rib chiqilishi belgilanayotganligi munosabati bilan, loyihaning 3-bandida viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari ustidan berilgan va mazkur sudlar tomonidan sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) mazkur bosqich sudlari tegishli sudlov hay’atlari tomonidan mazmunan ko`rib tugallanishi shartligi;

– “bir instantsiya - bir sud” tamoyilining joriy etilishi munosabati bilan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari  ustidan berilgan shikoyat (protest)lar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko`rib chiqilishi sababli Plenum qarorida mazkur sudlar tomonidan sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) mazkur bosqich sudlari tegishli sudlov hay’atlari tomonidan mazmunan ko`rib tugallanishi shartligi, sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) shikoyat (protest) bergan shaxslarga apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlariga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari o`tib ketgan holda esa, apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) shikoyat (protest) berish muddatini tiklash to`g`risidagi iltimosnomani ilova qilish zarurati tushuntirilgan holda qaytarilishi lozimligi;.

– fuqarolarning sud qaroriga nisbatan shikoyat qilish huquqini asossiz ravishda buzilishini oldini olish maqsadida, Plenum Qarorida apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to`g`risidagi iltimosnomani ko`rib chiqishda qonunlarga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar muddatni o`tkazib yuborishda uzrli sabab bo`ladigan holat sifatida tan olinishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Qabul qilingan Plenum qarori sudlar tomonidan qonunni qo`llashda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tushunmovchiliklarni oldini olishga xizmat qilish bilan birga fuqarolarda yuzaga kelgan ko`plab savollarning yechimini topib berdi, desak to`g`ri bo`ladi.

 

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining raisi                                                          F.Sobirov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating