Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Iqtisodiy protsessual kodeksidagi kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar mohiyati

×

 2021-02-22 11:14:44    285

PDF yuklash
Chop etish


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni  ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilning 12 yanvar kunida qabul qilingan “Sud qarorlarini qayta ko`rish intistitutini takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunga asosan Iqtisodiy protsessual kodeksining 55 ta moddasiga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Kodeksga 5 ta yangi moddalar kiritilgan bo`lsa, 13 ta amaldagi moddalar yangitdan taxrirlanib, 1 ta bob chiqarib tashlandi.

Sud ishlarini nazorat tartibida ko`rish institutini tugatilganligi sababli Kodeksdan sudning nazorat instantsiyasi bilan bog`liq barcha tushuncha va qoidalar chiqarib tashlandi.

Kodeks iqtisodiy sudlarga taalluqli bo`lgan “Investitsiyaviy nizolar bo`yicha ishlar” va “Raqobatga oid ishlar” tushunchalarini yoritib beruvchi 301 va 302-moddalar bilan to`ldirildi.

«301-moddasiga ko`ra, Investitsiyaviy nizolar bo`yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) investitsiya shartnomalarini tuzish, o`zgartirish va bekor qilish bilan bog`liq nizolar;

2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar;

3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog`liq nizolar;

4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog`liq nizolar;

5) investitsiya shartnomasi bo`yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo`yicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar o`rnini qoplash to`g`risidagi nizolar.

302-moddasiga ko`ra, yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xo`jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ o`rtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi.

Bunda, investitsiyaviy nizolar bo`yicha ishlar, nizo kelib chiqqan huquqiy munosabat ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lishidan qat’iy nazar, iqtisodiy sud tomonidan ko`rilishi belgilab qo`yildi.

Bu borada bir holatga e’tibor qaratilishi lozim, “Investitsiyaviy nizolar bo`yicha ishlar” va “Raqobatga oid ishlar” bo`yicha nizolar O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra ma’muriy sudlarning sudloviga ham taalluqligi belgilandi. Bunda asosiy farq ma’muriy sudlarning sudloviga taalluqli bo`lgan investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog`liq qarorlari harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to`g`risidagi ishlar, raqobatga oid ishlar jumlasiga esa, yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xo`jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ o`rtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar ma’muriy sudlarning sudloviga taalluqlidir.

Investitsiya va raqobatga oid nizolarni qonunchilikka kiritilishi bilan Kodeksda belgilangan sudlovga tegishlilik qoidalari ham o`zgardi, jumladan Kodeksning 32-moddasi yangi tahrirda bayon etilib, investitsiyaviy nizolar bo`yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo`yicha taraflarning xohishiga ko`ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko`rilishi haqidagi norma bilan to`ldirildi.

Da’vogarning tanlovi bo`yicha sudlovga tegishlilikni belgilovchi Kodeksning 34-moddasi ham quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to`ldirildi:

“Yirik investor bo`lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog`liq da’volar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpog`iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin.

Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog`liq da’volar, shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin”;

Shuni e’tiborga olish lozimki, da’vogarning tanlovi bo`yicha sudlovga tegishlilik qoidasi davlat organlariga tatbiq etilmaydi. Shuning uchun investorning (yirik yoki yirik emasligidan qat’iy nazar) investitsiya faoliyati bilan bog`liq nizo vujudga kelganda, davlat organi, agar investor O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lsa, javobgar (investor) joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga, yoxud sudlovga tegishlilikni o`zgartirish to`g`risida kelishuv (shartnoma bo`yicha sudlovga tegishlilik) mavjud bo`lsa, boshqa iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi kerak.

Raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlar sudloviga tegishliligi bunday toifadagi ishlar taraflarning xohishiga ko`ra bevosita O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko`rilishi mumkin.

Bunda inobatga olish lozimki, bunday ishlar bo`yicha sudlovga tegishlilik raqobatga oid ishlarda taraf hisoblanadigan arizachining (da’vogarning) tanlovi bo`yicha amalga oshirilishi belgilangan.

Prokurorning barcha sud majlisida ishtirok etish huquqini cheklovchi qoidalar asosida IPKning 49-moddasi yangi tahrirda bayon qilindi, endi prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo`zg`atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo`zg`atilgan ishning muhokamasida o`z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Kodeksning 259-282-moddalar moddasi yangi tahrirda bayon  qilinib, endilikda prokuror, yuqori turuvchi-prokuror faqat prokuror ishtirokida ko`rilgan ishlar bo`yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo`lgan taqdirda birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya protesti, birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan apellyatsiya tartibida ko`rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasining qarori ustidan kassatsiya protesti berishga haqlidir.

Qonunga asosan biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi, ya’ni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik sub’yektlari o`rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan nizolar mustasno.

Kodeksga kiritilgan yangi qoidaga ko`ra ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to`g`risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi to`g`risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellyatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi ma’lum bo`lgan kundan e’tiboran hisoblanishi belgilandi. Shuningdek kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkinligi belgilandi.

Alohida hollarda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko`rib chiqish muddatlarini sud raisi tomonidan ko`pi bilan bir oy muddatga uzaytirish vakolati bekor qilinib mazkur vakolat ishni ko`rayotgan sudlov hay’atiga o`tkazildi, shuningdek apellyatsiya instantsiyasiga ish yuritishni tugatish, da’vo arizani ko`rmasdan qoldirish ajrimlarini bekor qilish va ishni birinchi  instantsiya sudiga yuborish vakolati ham berildi.

Bundan tashqari, apellyatsiya instantsiyasida ish yuritishda shikoyatdan voz kechishni qabul qilish masalasiga aniqlik kiritildi. Iqtisodiy protsessual kodeksining 273-moddasi birinchi qismining 4-bandidagi “va voz kechish apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan qabul qilingan” degan so`zlar chiqarib tashlandi hamda apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ishni ko`rish tartibiga o`zgartirish kiritilib, 274-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi — o`n uchinchi qismlar bilan to`ldirildi:

“Apellyatsiya instantsiyasi sudida ishni ko`rish raislik qiluvchining yoki sudьyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.

Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instantsiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va uning yuzasidan berilgan yozma fikrni bayon qiladi.

Sud ma’ruzadan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular apellyatsiya shikoyatida (protestida) ko`rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo`shimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.

Dastlab apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo`yicha ko`rilayotgan bo`lsa, prokuror so`zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo`lsa, birinchi bo`lib da’vogar so`zga chiqadi.

Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan bo`lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so`zga chiqadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so`ng apellyatsiya instantsiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.

Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo`shib qo`yiladi.

Qaror besh kun ichida to`liq hajmda tuziladi va imzolanadi.

Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to`liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiradi”;

Sudlarda nazorat tartibida qayta ko`rish instituti tugatilganligi sababli IPKdan sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko`rish bo`yicha ish yuritish bilan bog`liq 17 ta moddadan iborat bo`lgan 36-bob butunlay chiqarib tashlanib, ishni kassatsiya tartibida takroran ko`rish bilan bog`liq 3051-modda kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlar va qo`shimchalar iqtisodiyot sohasida yurdik shaxslar va fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilishda va iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlashda muhim rol o`ynaydi.

 

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining sudyasi                                                          N.Salomov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating