Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O`zgarishlar - davr talabi

×

 2021-02-22 11:16:53    283

PDF yuklash
Chop etish


Taraqqiyot sari dadil odimlayotgan mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan yangilik va o`zgarishlarning bugungi salmog`i tobora ortib bormoqda. Qay bir sohani olib qaramang, davr nafasiga hamohang yangiliklar ko`zga tashlanadi. Bu yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish, ularni Xalqimiz ongu shuuriga singdirish esa dolzarb masala sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, qonunchilik sohasida ham.

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 14 yanvarida imzolangan «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi O`RQ-666-sonli qonun ayni yo`nalishdagi ishlarni tartibga solish borasida muhim qadam bo`ldi. 16 ta moddadan iborat ushbu qonun bilan bilan mamlakatimizda amalda bo`lgan ayrim qonun va kodekslarga o`zgartirishlar kiritildiki, buni bugungi shiddatli davr talabi deyish mumkin.

Mazkur qonundan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi qonunining 26-moddasiga, 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan «O`simliklar karantini to`g`risida»gi qonuni 4-moddasiga, 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy qonuni  8-moddasiga, 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to`g`risida»gi qonuni 12-moddasiga, 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risida»gi qonunning 10-,16-moddalariga, 2015 yil 26 avgustda qabul qilingan «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida»gi qonuni 5-moddasiga, 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Davlat boji to`g`risida»gi qonuniga tegishlicha o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan bo`lsa, 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida»gi qonuni “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlarini bekor qilish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqish”, “O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining o`z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish”, “Davlat byudjeti ijrosining borishi to`g`risidagi masalalarni ko`rib chiqish” kabi moddalar bilan to`ldirildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining 2009 yil 23 aprelda qabul qilingan «Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida»gi Qonuni “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasi” mazmunidagi, 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati to`g`risida»gi qonuni «O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining o`z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish” mazmunidagi, 2019 yil 2 iyulda qabul qilingan «Shaxsga doir ma’lumotlar to`g`risida»gi qonuni “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlari” mazmunidagi moddalar bilan to`ldirildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi, Byudjet kodeksiga ham bir qator o`zgarish va qo`shimchalar kiritildi. Ushbu kodekslar “Davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilikni buzish”, “Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalarini bajarmaslik”, “O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob’yektlari to`g`risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik” mazmunidagi moddalar bilan to`ldirildi. Kiritilgan ushub o`zgarish va qo`shimchalardan kelib chiqib, endilikda adliya organlarining bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalarini bajarmagan, shu jumladan o`z vaqtida yoki to`liq bajarmagan mansabdor shaxslarga ushbu huquqbuzarlik uchun BHMning 5 baravarigacha, takroran sodir etilganda esa 7 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob’yektlari, xorijdagi davlat mulki ob’yektlari to`g`risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmagan yoki ma’lumotlarning to`liqligini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravarigacha, takroriy holat uchun BHMning 10 baravarigacha, Davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinadi. Qolaversa, mazkur qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra mahalliy Kengashlarning noqonuniy qarorlari Oliy Majlis Senati tomonidan bekor qilinadi. “O`simliklar karantini to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra esa bundan buyon Fitosanitariya talablari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o`tkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo`yiladi. Qonun bilan mustaqil ravishda atroflicha tanishib chiqqan yurtdoshlarimiz shu va boshqa yangiliklarni bilib olishlari mumkin.

Albatta, bu o`zgartirish va qo`shimchalar qonunchiligimizni zamonaga hamnafas holda tartibga solish, ustuvorligini ta’minlash bilan birga vatan ravnaqi, Xalqimiz farovonligi yo`lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarimizning samaradorligini oshirishga ham xizmat qilishi, shubhasiz.

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining sudyasi                                                        N.Salomov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating