Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ma’muriy ishlar bo`yicha apellyatsiya berish muddati uzaytirildimi?

×

 2021-02-22 11:17:51    337

PDF yuklash
Chop etish


Adolat va qonun ustivor bo`lgan jamiyatda fuqarolar erkin va farovon yashaydi, davlat har tomonlama rivojlanadi. Shu sababli ham sud tizimini isloh qilish davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida. Inson huquq va erkinliklarini real ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning mansabdor shaxslari biron-bir tarzda aralashishga yo`l qo`yilmasligini ta’minlashga oid qator islohotlar o`tkazildi va bu jarayon tizimli davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda qator sohalarda olib borilayotgan islohotlarning samarasi fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik, qonun ustuvorligini ta’minlanishiga bog`liq.

Zero, adolat va qonun ustivor bo`lgan jamiyatda fuqarolar erkin va farovon yashaydi, davlat har tomonlama rivojlanadi. Shu sababli ham sud tizimini isloh qilish davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida.  Shu munosbat bilan Prezidentimiz tomonidan «Sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasining 662-sonli qonuni joriy yilning 12 yanvar kuni imzolandi.

Mazkur qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning 28-bobi («Sudda nazorat tartibida ish yuritish») chiqarib tashlanib, ma’muriy sud ishlarini yuritishda nazorat instantsiyasi bekor qilindi.

Qonunga muvofiq, apellyatsiya shikoyati qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida berilishi mumkin (muqaddam bu muddat 20 kunni tashkil etgan) .

Qonunning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki endidikda ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellyatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish yuzasidan chiqarilgan ajrim haqida uch kunlik muddatda xabardor qilinadi (ilgari ajrim qabul qilingan kunda xabardor qilingan) .

Apellyatsiya shikoyatini berishning o`tkazib yuborilgan muddati shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasi bo`yicha apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan, apellyatsiya shikoyatini berish muddati o`tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo`lsa, tiklanishi mumkin, ya’ni amaldagi muddatni tiklash mumkin bo`lgan chegara olib tashlandi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin, ya’ni kassatsiya shikoyati berishning amaldagi bir oylik muddati bir yil etib belgilandi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o`tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo`yicha kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan, agar kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o`tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo`lsa, tiklanishi mumkin, ya’ni amaldagi muddatni tiklash mumkin bo`lgan chegara olib tashlandi. Amalda kassatsiya shikoyati olti oy ichida berilgan taqdirdagina o`tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin edi, endi bunday chegaralovchi muddat mavjud emas.

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini qayta ko`rib chiqish institutining takomillashtirilishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko`rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

 

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining raisi                                                                F.Sobirov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating