Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ishlarni nazorat tartibida ko`rish bekor qilindi
2021-02-22 11:19:26 564
“Bir sud – bir instantsiya” tamoyili asosida sud qarorlarini qayta ko`rish tizimida yillar davomida to`planib kelingan muammolarni bartaraf etish ko`zda tutilgan. To`rt bosqichli sud instantsiyalari o`rniga uch bosqichli sud tizimi tashkil etilishi natijasida nazorat tartibida ko`rish instantsiyasi bekor qilinadi. Odil sudlovni ta’minlashda fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiliklardan asrash, birinchi instantsiya, apellyatsiya hamda kassatsiya instantsiyasi sudьyalarining sud ishlarini ko`rishda ularning mas’uliyatini oshirish, ushbu instantsiyalarni isloh qilish, kassatsiyaning uchinchi instantsiya sudi sifatida belgilanishi natijasida sud qarorlarining qonuniyligi, asosligi va adolatligi bevosita undan norozi tomonning to`g`ridan-to`g`ri bergan shikoyati asosida ko`rilishiga erishish, sudlarda ishlarni nazorat tartibida ko`rib chiqish bo`yicha bir-birini takrorlovchi instantsiyalarni qisqartirishdan iborat.
2021 yil 12 yanvardagi “Jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” gi O`RQ-664-son Qonuni bilan O`zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, ishlarni nazorat tartibida ko`rish instantsiyasi tugatildi.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisi kotibi ma’lum bir ishda qatnashganidan so`ng keyinchalik uni qayta ko`rib chiqish uchun surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi mumkin.
Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo`yicha olib boriladi (ilgari haqiqatni aniqlash maqsadida – ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarga nisbatan olib borilar edi).
Sudlanuvchini yangi ayblov bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash endilikda sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko`ra ham amalga oshiriladi (ilgari ushbu tartib faqat prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga ko`ra amalga oshirilgan).
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov