Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan ko`riladi
2021-02-22 11:20:35 446
O`zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi “Sud qarorlarini qayta ko`rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`RQ–665-sonli Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan ko`riladi.
Endilikda fuqarolar o`z hisobidan ma’muriy bayonnomaning ko`chirma nusxasini, shuningdek, sud majlisining audio yoki videoyozuvini olishga haqli.
Ma’muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi qaror ustidan ma’muriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko`rish bekor qilinib, apellyatsiya instantsiyasi joriy etildi.
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo`lishi belgilandi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o`rinbosarlari kiritgan protestga ko`ra kassatsiya tartibida takroran ko`radi.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov