Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo`yganlik uchun yangi sanktsiyalar joriy etildi
2021-02-22 11:21:36 486
O`zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 yanvardagi «Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo`yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi O`RQ–667-sonli Qonun bilan MJtK, JK va JPKlarga o`zgartish va qo`shimchalar kiritidi
MJTK 2002-«Yer uchastkasini noqonuniy olib qo`yish» moddasi bilan to`ldirildi. Unda yer uchastkasini noqonuniy olib qo`yganlik uchun mansabdor shaxslarga 100 BHMdan 150 BHMgacha jarima solinishi nazarda tutilgan. Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qo`yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo`yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o`rni oldindan va to`liq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga ko`p bo`lmagan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga 150 BHMdan 200 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Ko`p bo`lmagan miqdor deganda 30 BHMdan 100 BHMgacha bo`lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
Bunda MJTKdan 24111-«Ko`chmas mulkni buzish tartibining buzilishi» moddasi chiqarib tashlandi.
Endi MJTKning 2002-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko`riladi.
JKning 2295-«Yer uchastkasini noqonuniy olib qo`yish» moddasi bilan to`ldirildi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq yer uchastkasini noqonuniy olib qo`yish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, 200 BHMdan 250 BHMgacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida javobgarlikni kuchaytiruvchi holatlar ko`rsatilgan. Bular – yer uchastkasining olib qo`yilishi olib qo`yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo`yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o`rni oldindan va to`liq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab bo`lgan holatlar. Shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo`llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilganda quyidagi sanktsiyalar qo`llaniladi:
250 BHMdan 300 BHMgacha miqdorda jarima;
yoki 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
yoki muayyan huquqdan mahrum etib 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Ushbu moddaning uchinchi qismida xuddi shunday harakatlar ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilganda, 300 BHMdan 500 BHMgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan.
Ushbu moddaning to`rtinchi qismiga muvofiq xuddi shunday harakatlar ko`pchilik uchun xavfli bo`lgan usulda yoki juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa, muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
JPKning 345-moddasi ikkinchi qismiga 2295-modda kiritildi. Endi yer uchastkasini noqonuniy olib qo`yish bilan bog`liq jinoiy ishlar bo`yicha ham majburiy tartibda dastlabki tergov o`tkaziladi.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov