Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sud-huquq tizimida qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?
2021-02-25 11:08:40 326
So`nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarhamda tadbirkorlarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga taqdim qilingan navbatdagi murojaatnomasida sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda fuqarolar va tadbirkorlarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish hamda adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilishni takomillashtirish masalalariga alohida to`xtalib o`tgani bejiz emas.
Bugungi kunda viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda umumyuridiktsiya sudlari tashkil etilganligi va ma’muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish vakolatini ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo`yicha sudlarga o`tkazilganligi fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud yo`li bilan ishonchli himoya qilishning muhim kafolatiga aylandi.
Ayniqsa, Prezidentimizning 2020 yil 3 sentyabrdagi “Sud hokimiyat organlari faoliyatini raqamlashtirish chora tadbirlari to`g`risidagi” PQ-4818-sonli qarori bilan sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlar masofadan turib murojaat qilishi hamda sud majlisida videkonferentsaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish huquqini bergan bo`lsa, sud xodimlariga esa sudyalar o`rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini internet tarmog`ida e’lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish hamdafuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlaridan kelib tushgan murojaatlarni ko`rib chiqish jarayonini onlayn ko`zatib borish va sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkonini bermoqda desak adashmagan bo`lamiz.
Bundan tashqari, sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashiritilganligi munosabati bilan 2021 yil 12 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi hamda iqtisodiy protsessual kodekslariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Jumladan, qonunlarga kiritilgan o`zgartirishlarga asosan ishlarni nazorat tartibida ko`rish instantsiyasi to`liq bekor qilindi va jinoyat ishlari bo`yicha birinchi instantsiya sudining hukmi, qarori va ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik mu’muriy (ma’muriy huquqbuzarlik munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar) va iqtisodiy ishlar bo`yicha apellyatsiya shikoyatini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga uzaytirildi,iqtisodiy sudlarga kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati esa 6 oydan 1 yilga o`zaytirilib, kassatsiya tartibida ko`rilgan ishlar umumiy asoslarda takroran ko`rilishi mumkinligi hamda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlar ham iqtisodiy sudlarga talluqliligi belgilandi.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash joizki, sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar mamlakatimizda qonun ustivorligi va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarning sudga bo`lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Farg`ona viloyat sudining sudyasi B.Ergashev
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov