Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xotin-qizlar bayrami oldidan 1 nafar ayol jazodan ozod qilindi
2021-03-05 19:34:56 269
Jinoyatga jazo muqarrar. Lekin bundan ko`zlangan maqsad jinoyatchidan o`ch olish emas, uni tarbiyalashdir. Shafqatsizlik esa hech qachon tarbiya vositasi bo`lmagan. Shu bois bag`rikenglik, kechirimlilik xalqimizning o`ziga xos xislatlaridan. Bu borada ayniqsa, nozik xilqat sanalmish xotin-qizlarga alohida ehtirom ko`rsatiladi.
Zotan, kishi bilib-bilmay, bexosdan yoki oqibatini tushunmay, huquqiy bilimsizlik oqibatida jinoyat sodir qilib qo`yishi mumkin. Uning harakatiga albatta qonuniy baho berilib, tegishli jazo tayinlanadi. Biroq uning ota-onasi, oilasi, farzandlari, qarindoshlari chekkan aziyatni hech narsa bilan baholab bo`lmaydi.
Insonparvarlik tamoyiliga asoslangan qonunchiligimizda bu masala hisobga olinib, qilgan qilmishlaridan chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan, tuzalish yo`liga qat’iy o`tgan, jazo muddatini o`tashi davrida o`rnatilgan tartib-qoidalarini buzmagan, IIB organlari tomonidan ijobiy tavsifnoma berilgan mahkumlarni muddatidan oldin jazodan ozod qilish amaliyoti joriy qilingan.
Xotin-qizlar bayrami oldidan bu amaliyot jinoyat ishlari bo`yicha Beshariq tuman sudi tomonidan 1 nafar ayol kishiga nisbatan qo`llanilib, muddatidan oldin jazodan ozod qilindi.
Jumladan, Ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan Botirova Mashxura o`talmagan 1 yil 3 oy 6 kunlik jazodan qilmishidan pushaymonligi, qat’iy tuzalish yo`liga o`tganligi inobatga olinib, insonparvarlik tamoyili asosida jazoning o`talmay qolgan qismidan ozod qilindi. Endi u yangidan sog`lom turmush tarzi boshlash niyatini bildirdi.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov