Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUD TIZIMI TUZILMASI KONSTITUTSIYАDA MUSTAHKAMLANDI
2021-03-17 19:46:06 376
O`zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi O`RQ-671-sonli Qonuni qabul qilindi.
2020 yil 24 iyulda Prezidentning «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmoni (PF-6034-son) chiqqan edi. Mazkur hujjat bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo`yicha, jinoyat ishlari bo`yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiktsiya sudlari tashkil etilgan. Shu munosabat bilan Konstitutsiyaning 107-moddasi 1-qismi yangi tahrirda quyidagicha bayon etildi:
“O`zbekiston Respublikasi sud tizimi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo`yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir”.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining sudyasi N.Salomov