Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Статистика

 2021-08-04 19:16:48    197

PDF yuklash
Chop etish


Ozbekiston Respublikasida aholini royxatga olish 2023- yilda otkaziladi

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023- yil 1-25- noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Rejaga asosan aholini ro‘yxatga olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi :

         1-5- noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);

         6-10- noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);

         11-22- noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun);

         23-25- noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining               10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).

  Beshariq tumani statistika bolimi