Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
89
24
Sayt test rejimida ishlamoqda...

292025-03-04 15:55

Farg‘ona tumanida “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693777.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693778.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693874.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693881.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693900.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693896.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085693926.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085694075.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085694103.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1741085694197.jpg

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yosh avlodda vatanparvarlik, ma‘naviy etuklik va estetik didni shakllantirish hamda milliy teatr san‘atini rivojlantirish maqsadida “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 4 ta sektorda g‘olib deb topilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar 1-shartda – o‘z maktablarini she‘riy shaklda tanishtirib, videorolik namoyish etdilar, 2-shartda – berilgan 5 ta savolga javob berdilar, 3-shartda – o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini mohirona ijro etdilar. Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra 🥇 1-o‘rinni – 7-maktabning "Jadidlar" jamoasi; 🥈 2-o‘rinni – 47-maktabning "Subhidam" jamoasi; 🥉 3-o‘rinni – 31-maktabning "Yosh aktyorlar" jamoasi egallab, g‘olib bo‘lishdi. Ushbu tanlov o‘quvchilar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy teatr san‘atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning sahna madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. G‘olib jamoalar keyingi bosqichda tumanni munosib himoya qilish uchun tayyorgarlikni davom ettiradilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz