Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#AMALIY_SEMINAR
2023-06-08 10:29:38 341
????Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Beshariq tuman "Barkamol avlod" maktabida "Tasviriy san'at yo'nalishida Sharq miniaturasining o'rni" mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkillandi.
✅Seminarda barcha tuman(shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarining madaniyat va san'at yo'nalishidagi jami 30 dan ortiq to'garak rahbarlari ishtirok etib, bilim va malakalarini yanada boyitishdi, o'zaro tajriba almashishdi.
❗️Ushbu amaliy seminarga spiker sifatida tasviriy san'at yo'nalishidagi ustoz-murabbiy Raxmatjon Haydarov jalb etildi hamda ular to'garak rahbarlari bilan o'z amaliy tajribalarini o'rtoqlashdi!
????Seminar yakunida esa viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi yo'nalish uslubchisi Dildoraxon Raximova ushbu seminardan maqsad — maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat ekanligi aytib o'tdi!