Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
252
39
Sayt test rejimida ishlamoqda...

72026-02-12 09:07

“Tashabbusli budjet” jarayonlariga kiritilgan yangilik va oʼzgarishlar yuzasidan oʼquv seminari oʼtkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150300/news/file-2116188767073055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150300/news/file-2116188767073055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150300/news/file-2116188767075445.jpg

“Tashabbusli budjet doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish” mavzusida Beshariq tumanida oʼquv-seminari boʼlib oʼtdi. Unda tuman xokimi, tuman prokurori, IIB boshligʻi, tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi mutasaddilari, mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari hamda tegishli masʼullar ishtirok etdi. Oʼquv-seminarida ishtirokchilarga Prezidentimizning 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʼrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-264-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori bilan “Tashabbusli budjet" jarayonlarini oʼtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar haqida keng tushuntirishlar berildi. 2026-yildan boshlab joriy etiladigan, ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat oʼrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi va ayni tartib asosida loyihalarni birgalikda moliyalashtirish amaliyotining afzalliklari hamda batafsil maʼlumotlar berildi. “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ushbu yangi bosqichlar toʼgʼrisida keng jamoatchilikka yetkazishni davom ettirish yuzasidan mahalla masʼullariga zaruriy tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutasaddilaridan javoblar oldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz